2025-yil 20-iyun kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda Navoiy shahridagi “Profi University” filiali hamkorligida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir “Profi University” filialining o‘quv xonasida tashkil etildi. Unda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U. Suyunov, boshqarma Inson resurslarini boshqarish bo‘limi xodimi Z. Xushmatov, shuningdek, oliygohning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.
Muloqot davomida ishtirokchilarga statistika tizimidagi islohotlar, yangiliklar, shuningdek, statistika sohasidagi vakant lavozimlar va ishga qabul qilish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.
Yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, praktika o‘tash, tavsiyanoma olish va ishga joylashishdagi afzalliklar muhokama qilindi. Tadbir davomida talabalar statistikaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ham amaliy maslahatlarga ega bo’ldi.
Bunday uchrashuvlar, albatta, yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, shuningdek, statistikani ommalashtirish va sohaga yangi mutaxassislar jalb qilishga xizmat qiladi.