16/06/2025

Joriy yilning  16-iyun  kuni  Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi  oʻrinbosari U.Suyunov boshchiligida boshqarma tarmoq bo'lim boshliqlari hamda tuman (shahar) bo'limlari xodimlari ishtirokida  “Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni taynlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi 2025-yil 27-mayda PQ-194-sonli Qaror mazmun-mohiyati toʻgʻrisida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida aholiga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlash tartibini takomillashtirish orqali pensiya oluvchilar va nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida qaror qabul qilingan.

Muloqot jarayonida farmonning asosiy maqsadi, statistik tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlarining mas’uliyati, huquqiy asoslari va amaliy vazifalari atroflicha tushuntirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech