12/06/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida respublikada aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 23,6 trln so‘mga yetdi.

Ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 2024-yilning mos davriga nisbatan 122,9 % ni tashkil etdi (2024-yilning yanvar-aprelida – 119,8 %).

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida eng katta hajmni kompyuter dasturlashtirish xizmatlari egallaydi. 2025-yilning yanvar-aprel oylaridagi ulushi 44,9 % ni tashkil etdi. Ma’lumot uchun: 2024-yil yanvar-aprel oyida ushbu ko‘rsatkich 38,8 % ni tashkil etgan.

aloa-va-akhborot-rasm-12_06_25_p45147

Tugmani bosing Tinglash GSpeech