Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-aprel oylarida 14,5 trln so‘mlik fuqarolik obyektlari qurilishi amalga oshirilgan.
Shuningdek, ularning jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2024-yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,3 % punktga ko‘payib, 19,5 % ni tashkil etgan.
Fuqarolik obyektlari qurilishining jami qurilish ishlaridagi ulushi yillar kesimida (yanvar-aprel):
2022-yil – 21 %
2023-yil – 20,2 %
2024-yil – 18,2 %
2025-yil – 19,5 %