Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 64,2 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,4 ming nafarga yoki 37,1 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Turkiyaga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha taqsimlangan:
sayyohlik – 48 100 nafar
qarindoshlarni yoʻqlash – 14 063 nafar
davolanish – 883 nafar
oʻqish – 644 nafar
xizmat yuzasidan – 506 nafar