Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2025- yilning 1-may holatiga viloyatimizda jami 1 134 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo’lib, 2025- yilning yanvar-aprel oylarida 48 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:
Navoiy shahri – 376 ta
Zarafshon shahri – 77 ta
G‘ozg‘on shahri – 17 ta
Konimex tumani – 25 ta
Qiziltepa tumani – 189 ta
Navbahor tumani – 93 ta
Karmana tumani – 203 ta
Nurota tumani – 67 ta
Tomdi tumani – 20 ta
Uchquduq tumani – 16 ta
Xatirchi tumani – 51 ta.