26/05/2025

2025 -yil 26- may kuni Konimex tuman statistika bo‘limida xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida navbatdagi targʻibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda mazkur Farmon bilan belgilangan asosiy vazifalar, davlat boshqaruvi tizimidagi ma’muriy islohotlar, ularning huquqiy asoslari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida xodimlar yangi islohotlarning ahamiyati, samarali va ixcham boshqaruv tizimini joriy etish orqali faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech