2025-yil 19–23-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda uning tarkibidagi tuman (shahar) statistika bo‘limlari faoliyatining samaradorligini kompleks o‘rganish rejasi tasdiqlangan bo‘lib, ushbu reja grafik asosida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish jarayoni dastlab viloyat statistika boshqarmasining tegishli bo‘limlarida olib borilayotgan ish jarayonlari, ichki hujjat aylanishi va statistik ma’lumotlar bilan ishlash tartibi atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, statistika dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va taqdim etish jarayonlari, jumladan viloyat va tuman (shahar)lar kesimida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ifodalovchi jadvallarning o‘z vaqtida yangilanishi alohida e’tiborga olindi.
Qo‘mita mutaxassislari tomonidan hududiy bo‘limlar faoliyati ham har tomonlama o‘rganildi. Jumladan:
- statistik sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami bilan ishlash amaliyoti;
- hisobotlarni shakllantirishda aniqlik va tizimlilikka rioya etilishi;
- axborot xavfsizligi va ma’lumotlar bazasi bilan ishlash holati;
- xodimlarning malaka darajasi va zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalanish holatlari chuqur tahlil qilindi.
Tahlil natijalari asosida tegishli metodik va amaliy tavsiyalar berilib, tajribalarni yanada kengaytirish, shuningdek kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.