19/05/2025

2025-yil 19-may kuni Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-153-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A. Murodov ishtirok etib, mazkur qarorning huquqiy asoslari, axborot texnologiyalari sohasida qonunbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy yondashuvlari va davlat organlari oldiga qoʻyilgan vazifalar yuzasidan batafsil maʼlumot berdi.

Targʻibot tadbiri ishtirokchilarida axborot xavfsizligini taʼminlash va raqamli jinoyatchilikka qarshi samarali choralar koʻrish borasida huquqiy bilim va tushunchalar yanada oshdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech