15/05/2025

2025- yil 14- may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 2025-yil I chorak yakunlari boʻyicha kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali tuman (shahar) statistika boʻlimlari xodimlari ishtirok etdi.

Kengash yigʻilishini boshqarma boshligʻi Tashnazarov Asqar Abdumuratovich ochib berdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining statistik tizim oldiga qoʻygan ustuvor vazifalari, shuningdek I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi yuzasidan axborot berildi.

Yigʻilishda PF-27-sonli Farmon — “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda PQ-75-sonli Qaror — “Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hujjatlarida belgilangan vazifalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha batafsil maʻlumot berildi.


Tadbir yakunida rahbarlar tomonidan I chorakda erishilgan yutuqlar tahlil qilinib, tizimdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, natijadorlikni oshirish va belgilangan topshiriqlarni sifatli bajarish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech