13/05/2025

2025-yil 12-may kuni Navoiy shahri “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida mas’ul xodimlar ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-sonli Qarorning mazmun-mohiyati bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Navoiy viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A. Murodov ishtirok etib, qaror bilan belgilangan asosiy vazifalar, statistika organlarining yangilanayotgan tashkiliy-huquqiy asoslari hamda ularning davlat boshqaruvidagi roli haqida batafsil ma’lumot berdi.

Targ‘ibot tadbirining asosiy maqsadi – aholining huquqiy ong va madaniyatini oshirish, davlat qarorlarining mazmunini jamoatchilikka yetkazish hamda yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga keng jamoatchilikni jalb etishdan iborat.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech