Navoiy viloyati statistika boshqarmasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ishchi-xodimlarning jismoniy faolligini oshirish va jamoa o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida muntazam ravishda sport musobaqalari va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari tashkil etib kelinmoqda.
Joriy yilning 28- aprel kuni boshqarma xotin-qizlari o‘rtasida “Sog‘lom muhit – sog‘lom jamoa” shiori ostida stol tennisi bo‘yicha navbatdagi sport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z mahoratlari va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etishdi. Bellashuv jarayoni do‘stona raqobat va ko‘tarinki ruhda bo’lib o‘tdi.
Bunday tadbirlar xodimlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning ish unumdorligini oshirish va mehnat jamoasida sog‘lom muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.