Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 29 963,6 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2024- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 10,5 % ga o‘sdi. YAHM deflyator indeksi 2024- yilning yanvar-mart oylari narxlariga nisbatan 120,5 % ni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Navoiy viloyatining qo‘shgan hissasi 9 % ga yetdi.