Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida viloyatimizda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar jami 866 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
Navoiy shahri – 218 ta
Zarafshon shahri – 58 ta
G‘ozg‘on shahri – 13 ta
Konimex tumani – 42 ta
Qiziltepa tumani – 88 ta
Navbahor tumani – 82 ta
Karmana tumani – 162 ta
Nurota tumani – 52 ta
Tomdi tumani – 17 ta
Uchquduq tumani – 30 ta
Xatirchi tumani – 104 ta