17/04/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-aprel holatiga respublika boʻyicha aholi zichligi 1 km² ga oʻrtacha 84,0 kishini tashkil etmoqda.

Hududlar boʻyicha aholi zichligining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida 1 km² ga oʻrtacha 6 983,2 kishini, Andijon viloyatida 807,9 kishini hamda Fargʻona viloyatida 615,7 kishini tashkil etgan.

Hududlar kesimida 1 km² ga toʻgʻri keladigan aholi soni quyidagicha:

Qoraqalpogʻiston Resp. – 12,2 kishi

Andijon viloyati – 807,9 kishi

Buxoro viloyati – 51,8 kishi

Jizzax viloyati – 72,8 kishi

Qashqadaryo viloyati – 128 kishi

Navoiy viloyati – 9,9 kishi

Namangan viloyati – 422,7 kishi

Samarqand viloyati – 257,3 kishi

Surxondaryo viloyati – 147,3 kishi

Sirdaryo viloyati – 218,3 kishi

Toshkent viloyati – 206,2 kishi

Fargʻona viloyati – 615,7 kishi

Xorazm viloyati – 337,1 kishi

Toshkent shahri – 6 983,2 kishi.

a

Tugmani bosing Tinglash GSpeech