2025- yilning yanvar-fevral oylarida viloyat korxonalari tomonidan 25 456,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 111,2 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlari bo’yicha:
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash – 3 011,6 mlrd so‘m;
Ishlab chiqarish sanoati – 20 932,9 mlrd so‘m;
Elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash – 1 448,4 mlrd so‘m;
Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish – 63,7 mlrd so‘m.