08/04/2025

Joriy yilning 8- aprel kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–75-sonli Prezident qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan bo‘lim xodimlari uchun huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.

Muloqot jarayonida qarorning asosiy maqsadi, statistik tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlarining mas’uliyati, huquqiy asoslari va amaliy vazifalari atroflicha tushuntirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech