2025-yilning 18-20-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Avstraliya, Estoniya, Finlyandiya, Germaniya, Qozog‘iston, Niderlandiya, Shvetsiya va AQSH, shuningdek, Barqaror rivojlanish bo‘yicha maslahat va tadqiqot instituti, Yevrostat, XVF, UNEP va UNSD, OECD hamda UNECE kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan ekologik-iqtisodiy hisob tizimi (SEEA)ni joriy etish bo‘yicha o‘ninchi seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit statistikasi boshqarmasi Qishloq xo‘jaligi statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Nigora Dehkanova ishtirok etdi.
Seminarda Yevropa va MDH davlatlarining milliy statistika idoralari, atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi, moliya vazirliklari, ilmiy doira vakillari, shuningdek, Yevrostat, XVF, UNEP, UNSD, OECD va UNECE kabi xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi.
Sessiyaning asosiy maqsadlari ekologik-iqtisodiy hisob tizimini ishlab chiqish va foydalanish bo‘yicha tajriba almashish, xabardor qilish va muhim siyosat sohalarini, ya’ni iqlim o‘zgarishi, tabiiy ofatlar xavfini boshqarish va biologik xilma-xillikni saqlashni kuchaytirish hamda xalqaro tashkilotlarning kelgusidagi faoliyatini belgilash, qolaversa, tegishli tasniflagichlarni yangilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rsatish, iqlim o‘zgarishiga moslashishda joriy amaliyotda ekologik-iqtisodiy hisob tizimidan foydalanishni aniqlash va tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.