Joriy yilning 25-mart kuni Statistika boshqarmasi tarmoq bo‘limi xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog" faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi OʻRQ-1048-son Qonuni mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Ushbu faxriy unvon ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida fidokorona mehnat qilgan mutaxassislarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida qonunning asosiy maqsadi va ahamiyati tushuntirilib, ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.