24/03/2025

Joriy yilning 24-mart kuni Navoiy davlat universiteti Tillar fakulteti o‘quv binosida Viloyat Statistika boshqarmasi tomonidan “Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Statistika boshqarmasi mutaxassislari, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Mazkur tadbir aholining ro‘yxatga olinishi jarayonining dolzarbligini tushuntirish, uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri hamda rasmiy statistik ma’lumotlarning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etildi.

Mutaxassis aholining ro‘yxatga olinishi quyidagi jihatlari bilan muhim ekanini ta’kidladi:

  •  Aniq demografik ma’lumotlar: Aholi soni, jinsiy va yosh tarkibi, oilaviy ahvoli va hududiy taqsimoti bo‘yicha ishonchli ma’lumotlar shakllantiriladi.
  •  Iqtisodiy rejalashtirish: Ish o‘rinlari yaratish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish uchun asosiy ma’lumotlar taqdim etadi.
  •  Ijtimoiy dasturlarni shakllantirish: Ijtimoiy yordam va turli davlat dasturlarining samaradorligini oshirish uchun muhim axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
  •  Infratuzilmani rivojlantirish: Yangi maktablar, shifoxonalar, yo‘llar va uy-joylar qurilishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etadi.

Tadbir mobaynida mavzu boʻyicha berilgan maʼlumotlar asosida ishtirokchilarning fikr mulohazalari va takliflari tinglandi va ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech