17/03/2025

Joriy yilning 17- mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1043-sonli qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish bo’yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma tarmoq bo’lim boshliqlari va xodimlar ishtirok etdi.

Muloqot davomida keyingi yillarda mamlakatimizda aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanishini yengillashtirish, bank xizmatlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish, kreditlar berish tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilganli to’g’risida so’z yuritildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech