Joriy yilning 11-mart kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-1037-son qonuni to’g’risida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqlarini ta’minlash borasida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari, davlatning din va konfessiyalar bilan munosabatlaridagi tamoyillari hamda bu borada tasdiqlangan konsepsiyaning asosiy maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mazkur yo‘nalish bo’yicha huquqiy bilimlarni oshirdi.