07/03/2025

Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan boshqarmada faoliyat yuritib kelayotgan barcha ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. 

Tadbir davomida ayollarga hurmat va e’tibor ko‘rsatilib, ularning mehnati qadrlanib, samimiy tilaklar bildirildi. Shundan soʻng, ayollarga bayram sovgʻalari, faxriy yorliq va gullar ulashildi.

Barcha xotin-qizlarni ushbu go‘zal bayram bilan yana bir bor muborakbod etamiz! 🌹🎉

Tugmani bosing Tinglash GSpeech