Joriy yilning 24- fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida boshqarma yuristkonsulti A. Muradov tomonidan navbatdagi targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi OʻRQ-1030-son qonunining asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati va ahamiyati keng targʻib qilindi.
Muloqot davomida keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini taʼminlash va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilganligi to’g’risida so’z yuritildi.