Joriy yilning 22- fevral kuni Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida prokuratura xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalar statistikasi hisobini yuritilishiga oid o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Jomolov Muzaffar Mirzoxitovich hamda prokuratura organlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda rasmiy statistika sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, investitsiya ko‘rsatkichlarini shakllantirishda qo‘llaniladigan xalqaro uslubiy qo‘llanmalar, moliyalashtirish manbalari va ularning xalqaro tajribadagi tarkibi yuzasidan ma’lumot berildi.
Shuningdek, xorijiy investitsiyalar va kreditlarning moliyalashtirish manbalari, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning statistik hisobotlarda shakllanish mexanizmiga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.