Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2025- yilning 1- fevral holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 18 865 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 235 tani tashkil qildi (ulushi 17,1 %).
Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Navoiy shahri – 550 ta
Xatirchi tumani – 495 ta
Zarafshon shahri – 445 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 239 ta
sanoat sohasida – 485 ta
qurilish sohasida – 154 ta
savdo sohasida – 1 581 ta
tashish va saqlash sohasida – 43 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 272 ta
axborot va aloqa xizmatlar sohasida – 61 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 86 ta
boshqalar – 314 ta.