Joriy yilning 21- fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi” mavzusida maʻnaviy-marifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma tarmoq boʻlim boshliqlari, xodimlar va ekologiya boʻlimi xodimi ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – ishtirokchilarga ekologik muammolar haqida maʻlumot berish, ularda atrof-muhitga nisbatan masʻuliyat hissini shakllantirish hamda ekologik faoliyatga jalb qilishdan iborat boʻldi.
Ekologiya boʻlimi vakili hozirgi kunda global iqlim oʻzgarishi, havo ifloslanishi, suv va tuproq resurslarining kamayib borishi kabi dolzarb masalalar haqida maʻlumot berib, ushbu muammolarni bartaraf etishda har bir insonning hissasi muhim ekanligini taʻkidladi. Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.
Tadbir yakunida tabiatni asrab-avaylash, ekologik ongni yuksaltirish va barqaror rivojlanishga oʻz hissasini qoʻshish boʻyicha qator takliflar bildirildi.