Joriy yilning 17- fevral kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi OʻRQ-1025-son qonuni toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Tadbir davomida qonunning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati, dolzarbligi va ahamiyati keng targʻib qilindi.