2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Navoiy viloyatining eksport hajmi 1 109,5 mln AQSH dollariga yetdi va 2023- yilning mos davriga nisbatan 170,3 % ni tashkil etdi.
Eksport umumiy hajmining eng yuqori ulushi Navoiy shahri (78,7 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
Shuningdek, Karmana (9,9 %), Xatirchi (6,6 %), Navbahor (2 %) va Qiziltepa (1,4 %) tumanlarida ham eksportning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.