07/02/2025

Joriy yilning 7-fevral kuni Statistika agentligi tomonidan 2024-yil yakunlari boʻyicha yillik "1 kb", "1 fx" va "1 mehnat" statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini topshirishda uslubiy yordam berish maqsadida on-line muloqotlar tashkil etildi.

1-7j1a8679nmnm_p89041

2-7j1a8689nmnmn_p63028

Ushbu on-line muloqotlarda “1 kb”, “1 fx” va “1 mehnat” yillik statistika hisobotlarining har bir boʻlimi, ulardagi koʻrsatkichlar boʻyicha batafsil tushuntirilib, hisobot topshiruvchilarning savollariga atroflicha javob berildi.

3

On-line muloqotlar 2025-yilning 7-fevralidan 10-mart kuniga qadar haftaning dushanba va juma kunlari soat 10:00 dan 11:30 ga qadar doimiy tarzda tashkil etiladi.

4-7j1a8662nmnmnm_p39086

Eslatib oʻtamiz, 1 kb shakli va 1 fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etish muddati 2025-yilning 10-mart sanasida yakunlanadi.

5-7j1a8656mnmnm_p17412

“On-line” muloqotlarda faol ishtirok eting!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech