2025- yilning 5- fevral kuni Statistika agentligida joriy yilning 27–31-yanvar kunlari Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Kuzatilmaydigan iqtisodiyot” mavzusida tashkil etilgan mintaqaviy seminar natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda ushbu mintaqaviy seminarda ishtirok etgan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasining Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Mehmonov, Jamg‘arma va yordamchi hisoblar bo‘limi bosh mutaxassisi Dinara Anarbekova, Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Zuhriddin Sattarov, Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Bahodir G‘ofurovlarning olgan bilim va ko‘nikmalari hamda yakuniy xulosalari agentlik xodimlariga yetkazildi.
Taqdimot ishtirokchilari kuzatilmaydigan iqtisodiyot ko‘rsatkichlari shakllantirilishi, ma’lumotlarni e’lon qilish tartibi hamda rivojlangan mamlakatlar tajribalari bilan tanishtirildi.
Shuningdek, tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.