2025-yilning 30- yanvar kuni Statistika agentligida BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan “Iqtisodiy statistika uchun sun’iy intellekt va ma’lumotlar ilmi” xalqaro simpoziumi yuzasidan taqdimot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 20–22- yanvar kunlari BAA Raqobatbardoshlik va Statistika Federal Markazi hamda BMT Statistika bo‘limi tomonidan Dubay shahrida “Iqtisodiy statistika uchun sun’iy intellekt va ma’lumotlar ilmi” mavzusida xalqaro simpozium tashkil etilgan edi. Ushbu simpoziumda Statistika agentligidan Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi “Elektron hukumat” tizimini joriy qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Xurshid Iskandarov va Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi Ochiq ma’lumotlarni tarqatish va xalqaro axborot almashuv bo‘limi yetakchi mutaxassisi Anorgul Karimova qatnashgan.
Taqdimot mobaynida simpoziumda o‘rganilgan yangi bilim va tajribalar, ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashildi. Jumladan, rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish bilan bir qatorda sun’iy intellektni amaliyotga tadbiq etish borasida ham so‘z yuritildi.
Qolaversa, statistik ishlab chiqarishda sun’iy intellekt va ma’lumotlar ilmidan ilg‘or foydalanish uchun yangi g‘oyalar va yechimlar to‘plamini yaratish, boshqaruv strategiyalari rejalarining asosiy jihatlarini aks ettiruvchi tavsiflar panelini tuzish, seminarlardan olinadigan bilim tajribalarni amalga oshirish uchun aniq yo‘l xaritasini tuzish, qo‘llanma ishlab chiqish bo‘yicha majburiyatlar va vaqt jadvallarini belgilash borasida fikr almashildi.