Joriy yilning 24- yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi haqida ma’naviy va ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ushbu strategiya Oʻzbekistonning uzoq muddatli taraqqiyotini taʼminlash, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlikka erishish, barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlarni yaratish maqsadida ishlab chiqilganligi aytib o’tildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi strategiyasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish tushunchalarini kengaytirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish va uni amalga oshirish jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan.