Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025- yilning 1- yanvar holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 2 349 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 12,7 foiz ulushini tashkil etdi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Navoiy shahri – 586 ta
Zarafshon shahri – 183 ta
G‘ozg‘on shahri – 174 ta
Konimex tumani – 58 ta
Qiziltepa tumani – 248 ta
Navbahor tumani – 171 ta
Karmana tumani – 414 ta
Nurota tumani – 164 ta
Tomdi tumani – 49 ta
Uchquduq tumani – 96 ta
Xatirchi tumani – 206 ta.