2025-yilning 14–19-yanvar kunlari kambag‘allikdan maqsadli chiqish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasining tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safari tashkil etildi.
Mazkur xizmat safarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i U.Madaminov ishtirok etdi.
Xizmat safarini tashkil etishdan asosiy maqsad - kambag‘allikni “To‘rt yo‘nalish” asosida aniqlash bo‘yicha Usin uyezdi tajribasini har bir hududning bittadan tumanida joriy qilish orqali mamlakatda kambag‘allikni aniqlashning yangi tartibini ishlab chiqishdan iborat.