21/01/2025

Navoiy viloyati 2024-yilda 78 ta mamlakat bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirgan

Viloyat statistika boshqarmasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilda jahonning 78 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 1 586,1 mln AQSH dollariga yetkazgan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023- yil bilan solishtirilganda 254,8 mln AQSH dollariga yoki 19,1 % ga oshgan.

 TSAning nisbatan salmoqli hissasi Fransiya (49,2 %), Xitoy (10,9 %), Rossiya (10,5 %), Qozogʻiston (4,5 %) va Turkiyada (4,1 %) qayd etilgan.

Eksport – 1 109,5 mln

Import – 476,6 mln

Tugmani bosing Tinglash GSpeech