Aholining ro‘yxatga olinishi jarayoni katta tayyorgarlikni talab qiladi,mahallalarda turar-joy va binolarning raqamlanganlik holatini o‘rganish aholini ro‘yxatga olish jarayonining muhim bosqichidir. Bu jarayon aholini qamrab olishni osonlashtiradi va aniqlikni ta'minlaydi.
Joriy yilning 16- yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Navbahor tumandagi “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yigʻinida turar-joy va binolarning raqamlanganlik holati oʻrganildi.
Mazkur jarayonning sifatli va samarali amalga oshirilishi aholi bilan ishlashdagi boshqa ko‘plab masalalarni hal qilishga yordam beradi. Shu bois, raqamlanganlik holatini o‘rganish va aniqlash strategik ahamiyatga ega.
Aholini ro‘yxatga olishning ushbu bosqichidagi samaradorlik umumiy natijalarning ishonchliligini oshiradi.