14- yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Navoiy viloyati statistika boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir tantanali ruhda va koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazilib, boshqarma xotin-qizlari tomonidan turli koʻngilochar dasturlar namoyish etildi.
Bayram davomida qiziqarli chiqishlar va ijodiy sahnalar koʻrsatildi. Tadbirning eng qiziqarli qismi erkaklar oʻrtasida oʻtkazilgan viktorina boʻldi. Ushbu intellektual bellashuvda ishtirokchilar oʻz bilim va tafakkurlarini sinab koʻrishdi.
Tadbir davomida vatanparvarlik, birlik va hurmat tuygʻularini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bu kabi tadbirlar boshqarmadagi ishchi xodimlar oʻrtasida jamoaviylikni mustahkamlash va milliy qadriyatlarni ulugʻlashda muhim ahamiyat kasb etadi.