Navoiy viloyati statistika boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi. Ushbu qutlug‘ kunda Vatanimiz tinchligi, mustaqilligi va taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilayotgan barcha himoyachilarimizga chuqur hurmat va ehtirom izhor etamiz.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Vatan himoyachisi bo‘lgan har bir insonning mehnati va fidoyiligini yuksak qadrlaymiz!