2025- yilning 9- yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xodimlari Qiziltepa tumani G‘amxo’r mahalla fuqarolar yigʻiniga borib, mahalla faollari ishtirokida joriy yil ushbu hududda uy xoʻjaliklarida tanlanma kuzatuvlarni o’tkazish va aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari mavzusida seminar tashkil etildi.
Shunindek, uy xoʻjaliklarida tanlanma kuzatuvlarni o’tkazish bo’yicha ma’lumotlarni ishonchliligi va xolisligini ta’minlash hamda kuzatuvlarni sifatli o’tkazish masalalarida mahalla mas’ullar bilan kelishib olindi.
Muloqot davomida Aholini roʻyxatga olish 2025–2026-yillar oraligʻida respublikamizda oʻtkazilishi rejalashtirilayotganligi, ushbu jarayonning samarali tashkil etilishi jamiyatning barcha sohalariga ijobiy taʻsir koʻrsatishi va barcha ushbu tadbirda faol ishtirok etishi tushuntirildi.
Hududdagi turar-joy va binolarning raqamlanganlik holatini o‘rganish maqsadida mas’ullar joylarga chiqqan holda xonadonlarning raqamlanganlik holati oʻrgandi.