Joriy yilning 7- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari U. Suyunov, Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari boʻlim xodimlari va mahalla fuqarolar yigʻini yettiligi hamda masʻullar ishtirokida uy xoʻjaliklarida tanlanma kuzatuvlarni joriy yil davomida oʻtkazilishi boʻyicha seminar tashkil etildi.
Seminar davomida boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari U. Suyunov soʻzga chiqib, tanlanma kuzatuvning ahamiyati, oʻtkazish usullari va standartlari boʻyicha mahalla vakillariga batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.
Uy xo‘jaliklarining ehtiyojlari va muammolarini o‘rganish orqali hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Muloqot davomida ma’lumotlarni ishonchliligi va xolisligini ta’minlash uchun kuzatuvlarni qanday tashkil qilish kerakligi bo‘yicha mahalla mas’ullar bilan kelishib olindi.
Yig’ilish yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.