Aholining ro‘yxatga olinishi jarayoni katta tayyorgarlikni talab qiladi, va bu jarayonning samarali bo‘lishi uchun turar-joy va binolarni raqamlanganlik holatini o‘rganish juda muhim hisoblanadi.
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Navbahor tumandagi “Arabxona” mahalla fuqarolar yigʻinida turar-joy va binolarning raqamlanganlik holati oʻrganildi.
Mazkur jarayonning sifatli va samarali amalga oshirilishi aholi bilan ishlashdagi boshqa ko‘plab masalalarni hal qilishga yordam beradi. Shu bois, raqamlanganlik holatini o‘rganish va aniqlash strategik ahamiyatga ega.
Aholini ro‘yxatga olishning ushbu bosqichidagi samaradorlik umumiy natijalarning ishonchliligini oshiradi.