Joriy yilning 26- dekabr kuni Navbahor tuman statistika boʻlim mutaxassisi M. Sanoqulov tomonidan tumandagi 36- sonli umumta’lim maktabida “Aholini roʻyxatga olishning maqsad va ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Muloqot davomida maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilariga aholini roʻyxatga olish tadbirining maqsadi, ahamiyati va bu jarayonning qanday amalga oshirilishi, uning natijalari haqida hamda roʻyxatga olish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirishda qilinayotgan ishlar borasida soʻz yuritildi.
Umumta’lim maktablaridagi bunday tadbirlar jarayonning samarali oʻtishiga katta hissa qoʻshadi. Aholini roʻyxatga olish natijalari har bir fuqaro uchun farovon kelajakni ta’minlashga qaratilgan muhim qadamdir.