Joriy yilning 25- dekabr kuni Xatirchi tuman statistika boʻlim boshligʻi A. Xusanov tomonidan tumandagi 21- sonli umumta’lim maktabida “Aholini roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Muloqot davomida maktab rahbariyati va oʻqituvchilariga aholini roʻyxatga olish tadbiri mamlakatni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi aytib oʻtildi.
Ushbu jarayonning samarali tashkil etilishi jamiyatning barcha sohalariga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Shu sababli, barchamiz ushbu tadbirda faol ishtirok etib, kelajak avlod uchun barqaror rivojlanish yoʻlini yaratish zarurligi takidlandi.
Aholini roʻyxatga olish 2025–2026-yillar oraligʻida respublikamizda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan boʻlib, mazkur jarayon mamlakatning uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.