Viloyat statistika boshqarmasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- dekabr holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 2 830 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 13,4 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 2 799 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
Navoiy shahri – 658 ta
Zarafshon shahri – 219 ta
G‘ozg‘on shahri – 235 ta
Konimex tumani – 74 ta
Qiziltepa tumani – 289 ta
Navbahor tumani – 219 ta
Karmana tumani – 467 ta
Nurota tumani – 197 ta
Tomdi tumani – 68 ta
Uchquduq tumani – 123 ta
Xatirchi tumani – 281 ta.