2024- yilning 18- dekabr kuni Karmana tuman statistika boʻlim boshligʻi A. Joʻrayev tomonidan tumandagi 15- sonli umumta’lim maktabida "Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Muloqot davomida maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilariga aholini roʻyxatga olish tadbirining maqsadi, ahamiyati va bu jarayonning qanday amalga oshirilishi, uning natijalari haqida hamda roʻyxatga olish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirishda qilinayotgan ishlar borasida soʻz yuritildi.
Umumta’lim maktablaridagi bunday tadbirlar jarayonning samarali oʻtishiga katta hissa qoʻshadi. Aholini roʻyxatga olish natijalari har bir fuqaro uchun farovon kelajakni taʻminlashga qaratilgan muhim qadamdir.