2024- yilning 1- dekabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 21 154 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 3 988 tani tashkil qildi (ulushi 18,9 %). Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Xatirchi tumani – 705 ta;
Navoiy shahri – 609 ta;
Zarafshon shahri – 512 ta;
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 305 ta;
sanoat sohasida – 619 ta;
qurilish sohasida – 187 ta;
savdo sohasida – 1 917 ta;
tashish va saqlash sohasida – 49 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 319 ta;
axborot va aloqa xizmatlar sohasida – 80 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 91 ta;
boshqalar – 421 ta.