Joriy yilning 11- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda boshqarma rahbariyati tarmoq boʻlim boshliqlari va xodimlar ishtirok etdi.
Mazkur tadbirga Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari taklif etildi.
Tadbirni kirish soʻzi bilan Statistika boshqarma boshligʻi oʻrinbosari U.Suyunov ochib berdi va aholi yashash xonadonlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olishda elektr jihozlari va gaz asboblaridan toʻgʻri foydalanish kerakli taʻkidlab oʻtdi.
Muloqot davomida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi masʻul xodimi soʻzga chiqib, yongʻin xavfsizligi oyligini oʻtkazishdan asosiy maqsad davlat organlari, tashkilotlar va aholi orasida xavfsizlik madaniyatini oshirish, yongʻinlarning oldini olish choralari toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish hamda xavf yuzaga kelganda toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalari boʻyicha maʻlumotlar taqdim etdi.