2024- yil 6-dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida “Zo’ravonlikka qarshi 16 kun!”, “Biz zo’ravonlikka qarshimiz!” shiorlari ostida targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda tizim xodimlariga zo‘ravonlikka qarshi kurashishda jamoaviy kurash — bu zo‘ravonlikni yo‘q qilishga qaratilgan keng qamrovli va uzoq muddatli jarayon ekanligi hamda har bir inson ushbu kurashda o‘z hissasini qo‘shishi takidlandi.
Zo‘ravonlikka qarshi targ‘ibot — bu uzoq muddatli va keng ko‘lamli faoliyat. Uning muvaffaqiyati targ‘ibot mazmunining to‘g‘ri yetkazilishi, samarali vositalarning qo‘llanilishi va jamiyatning faol ishtirokiga bog‘liq.
Har bir inson bu kurashda ishtirok etishi mumkin, va birgalikda harakat qilish orqali zo‘ravonliksiz jamiyatni barpo etish mumkin.