06/12/2024

Joriy yilning 6- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda ushbu sanaga 32 yil toʻlishi munosabati bilan tizim xodimlari ishtirokida “Yangi Oʻzbekistonning xalqparvar huquqiy poydevori” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirni kirish soʻzi bilan M. Yuldasheva ochib berdi va ushbu kun nafaqat yurtimizning huquqiy hayotidagi muhim sana, balki milliy mustaqilligimizni yuksaltirgan tarixiy voqeadir. Chunki Konstitutsiya har bir davlatning huquqiy asosi, xalqning erkin va farovon hayotini taʼminlaydigan qonunlar tizimining tamal toshidir.

Muloqot davomida boshqarma bosh yuriskonsulti A. Murodov ham soʻzga chiqib, konstitutsiya faqat huquqiy hujjat emas, balki maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlar manbaidir. U xalqning orzu-intilishlarini, madaniyati va qadriyatlarini oʻzida aks ettiradi. Yoshlarimiz bugungi kunda Konstitutsiyamizni chuqur oʻrganib, uning mazmunini hayotda tatbiq etishni oʻz oldiga maqsad qilishi zarurli toʻgʻrisida aytib  oʻtdi.

Konstitutsiya har birimiz uchun taraqqiyot yoʻlidagi yoʻlboshlovchi boʻlib xizmat qiladi. Uning asosida barqaror, erkin va farovon jamiyatni qurish barchamizning maqsadimizdir.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech